IV Me’mor//2025 Arxitektura boʻyicha mukofoti
Hakamlar hay‘ati
Melike Altınışık

Melike Altınışık Architects (MAA) arxitektura byurosi asoschisi (Istanbul, Seul). Muhim loyihalari: dunyodagi birinchi innovatsion Robotlar va Sun'iy intellekt Muzeyi (Seul); CTBUH 2022 "Bino bo‘lmagan eng yaxshi baland inshoot" mukofoti - Çamlıca Tower (Istanbul).
2018-yilda "Europe 40 under 40" ro‘yxatiga, 2024-yilda esa RIBA "100 ayol: Amaliyotdagi me'morlar" kitobiga kiritilgan.

Eugenia Pozigun

Zaha Hadid Architects kompaniyasining katta arxitektori (2009-yildan). Muhim loyihalari: Nankin xalqaro yoshlar madaniyat markazi (Xitoy); Mercury Towers (Malta); Dnepr metrosi loyihasi (Ukraina); Grand Théâtre de Rabat (Marokash) koordinatori; Shenchjendagi Madaniy-ma’rifiy jamg‘arma shtab-kvartirasi loyihasida yetakchi arxitektor.
2018-yilda "Europe 40 under 40" ro‘yxatiga kiritilgan.

Ali Mangera

 Mangera Yvars Architects arxitektura byurosi hammuassisi. Muhim loyihalari: Dohadagi Ta'lim shahridagi Islom tadqiqotlar fakulteti, Istanbuldagi parom terminali va port, Indoneziyadagi aeroport, Xitoydagi Hainan orolidagi Yangi madaniyat shahri.
U ilgari "Architecture & Design Scotland" direktorlar kengashida faoliyat yuritgan, hozirda esa "UK Design Council"da qurilish bo'yicha ekspert sifatida ishlaydi.

Patrick Meijers

Orange Architects hammuassisi (2010-yildan). Muhim loyihalari: Cube binosi (Bayrut), Jonas loyihasi (Amsterdam). CTBUH 2016 "Yaqin Sharq va Afrikadagi eng yaxshi baland uy" mukofoti sovrindori; BNA "Eng yaxshi bino 2023" mukofoti sovrindori.

Askhat Saduov

"Almatygengenplan" rahbari. Uning tajribasi Ostona va Olmatida politsentrik rivojlanish bo‘yicha shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqishni, hududiy rivojlanish konsepsiyalari va shaharlarning bosh rejalarini shakllantirishda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. Ostona shahrida EXPO-2017 uchun mavzuli pavilonlar va jamoat maydonlarini ishlab chiquvchilardan biri. Ostonadagi "Atirau" piyodalar ko‘prigi muallifi.

Tom Ravenscroft

Dezeen jurnali muharriri. Ko‘plab mukofotlar laureati. 2024-yilda "Yilning eng yaxshi arxitektura jurnalisti" deb topilgan. U arxitektura va qurilishga ixtisoslashgan bir nechta nashrlarda, jumladan, "Architects’ Journal" va "Construction Manager"da ishlagan. Shu bilan birga, u "RIBA Journal", "Icon", "BD", "City Metric", "Architectural Review" va "ArchDaily" bilan hamkorlik qilgan. Uning ishtirokidagi shahar muhiti haqidagi videolar YouTube platformasida besh milliondan ortiq ko‘rilgan.

Tanlov koordinatori
27
Taxmina Turdialiyeva

TataLAB arxitektura studiyasi asoschisi va O‘zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi raisi. Ko‘plab mukofotlar sovrindori, Britaniya Qirollik arxitektorlar institutining "RIBA Book: 100 Women Architects in Practice” kitobidan oʻrin olgan o‘zbekistonlik arxitektor. Taxmina Turdialiyevaning byuro asoschisi va murabbiy sifatidagi ikki tomonlama roli uning nafaqat kasbiy amaliyot orqali, balki arxitektorlarning hozirgi va kelgusi avlodini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekiston me’morchiligining kelajagini shakllantirishga boʻlgan intilishiga urgʻu beradi.