Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash siyosati
I. Umumiy qoidalar
1.1. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash borasidagi ushbu Siyosat “KNAUF GIPS BUXORO” XK MCHJ (bundan buyon – Operator) ning shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash tartibi va ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarini belgilaydi.
1.2. Operator oʻz faoliyatida shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash borasida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalashga rioya qilishni, jumladan, shaxsiy turmushning daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirlarni saqlashni oʻzining muhim maqsadi sifatida koʻradi.
1.3. Operatorning shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash borasidagi ushbu Siyosati (bundan buyon – Siyosat) Operator tomonidan https://memorcontest.uz/ veb-saytiga kiruvchilar toʻgʻrisidagi barcha axborotga nisbatan qoʻllaniladi.
II. Siyosatda ishlatiladigan asosiy tushunchalar
2.1. Shaxsiy maʼlumotlarga avtomatlashgan ishlov berish – shaxsiy maʼlumotlarga hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlov berishdir;
2.2. Shaxsiy maʼlumotlarni bloklash – shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni vaqtincha toʻxtatish (ishlov berish shaxsiy maʼlumotlarga aniqlik kiritish uchun zarur boʻlgan holatlar bundan mustasno);
2.3. Veb-sayt – grafik va axborot materiallari, shuningdek, EHM va maʼlumotlar bazasi uchun, ularga internet tarmogʻidagi https://memorcontest.uz/ manzili boʻyicha kirish imkoniyatini beruvchi dasturlar toʻplami;
2.4. Shaxsiy maʼlumotlarning axborot tizimi — maʼlumotlar bazasida saqlanadigan hamda ularga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarini va texnik vositalarni taʼminlaydigan shaxsiy maʼlumotlar toʻplami;
2.5. Shaxsiy maʼlumotlarni shaxssizlantirish — shaxsiy maʼlumotlarni aniq bir Foydalanuvchiga yoki shaxsiy maʼlumotlarning boshqa bir subyektiga tegishli ekanligini qoʻshimcha axborotsiz aniqlashning imkoni boʻlmaydigan qiluvchi harakatlar;
2.6. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash – avtomatlashtirish yoki bunday vositalarni ishlatmasdan shaxsiy maʼlumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) toʻplami, shu jumladan, shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish, yozib olish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlash (yangilash, oʻzgartirish), chiqarib olish, ishlatish, oʻtkazish (tarqatish, taqdim etish, joizlik), shaxssizlantirish, bloklash, ketkazish, yoʻq qilish;
2.7. Operator – mustaqil yoki boshqa shaxslar bilan birgalikda shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni tashkil etuvchi va (yoki) amalga oshiruvchi, shuningdek, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlarini, ishlov beriladigan shaxsiy maʼlumotlar tarkibini, shaxsiy maʼlumotlar bilan bajariladigan harakatlarni belgilovchi davlat organi yoki mahalliy organ, yuridik yoki jismoniy shaxs;
2.8. Shaxsiy maʼlumotlar – https://memorcontest.uz/ veb-saytining aniqlangan yoki aniqlanadigan Foydalanuvchisiga bevosita yoki bilvosita taalluqli har qanday axborot;
2.9. Foydalanuvchi – https://memorcontest.uz/ veb-saytining har qanday kiruvchisi;
2.10. Shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etish – shaxsiy maʼlumotlarni bir yoki bir nechta shaxslar doirasida oshkor etishga qaratilgan harakatlar;
2.11 Shaxsiy maʼlumotlarni tarqatish – Shaxsiy maʼlumotlarni nomaʼlum shaxslar doirasida oshkor etishga (shaxsiy maʼlumotlarni uzatishga) yoki shaxsiy maʼlumotlar bilan tanishtirishga qaratilgan har qanday harakatlar, shu jumladan, Shaxsiy maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, axborot-kommunikatsion tarmoqlarda joylashtirish yoki shaxsiy maʼlumotlarga boshqacha bir usulda kirish imkoniyatini taqdim etish;
2.12. Shaxsiy maʼlumotlarni transchegaraviy oʻtkazish – shaxsiy maʼlumotlarni xorijiy davlat hududidagi xorijiy davlat organiga, chet el jismoniy shaxsiga yoki chet el yuridik shaxsiga oʻtkazish;
2.13. Shaxsiy maʼlumotlarni yoʻq qilish – shaxsiy maʼlumotlar ularga oid axborot tizimlarida qayta tiklanish imkoniyatisiz yoʻq qilinishiga qaratilgan va (yoki) shaxsiy maʼlumotlarni material tashuvchilarni yoʻq qiluvchi har qanday harakatlar.
III. Operator Foydalanuvchining quyidagi shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berishi mumkin:
3.1. Familiyasi, ismi, otasining ismi;
3.2. Elektron pochta manzili;
3.3. Telefon raqamlari;
3.4. Maʼlumoti, kasbi, mutaxassisligi va malakasi, maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning rekvizitlariga tegishli maʼlumotlar;
3.5. Shuningdek, saytda kiruvchilar toʻgʻrisidagi shaxssizlantirilgan maʼlumotlarni internet-statistika servislari (Yandeks Metrika, Gugl Analitika va boshqalar). yordamida yigʻish va ishlov berish sodir boʻladi (shu jumladan “cookie” fayllari)
3.6. Yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar bundan buyon matnda shaxsiy maʼlumotlar degan umumiy tushuncha ostida berilgan.
IV. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari
4.1. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berishdan maqsad — Foydalanuvchiga veb-saytdagi servislarga, ulardagi mavjud boʻlgan axborot va /yoki materiallarga kirish imkoniyatini taqdim etishdir.
V. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari
5.1. Operator Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga, faqat ular Foydalanuvchi tomonidan toʻldirilgan va/yoki Foydalanuvchining oʻzi yoki http://memorcontest.uz/ saytida joylashgan maxsus shakllar orqali joʻnatilgan hollardagina, ishlov beradi. Foydalanuvchi, tegishli shaklni toʻldirar yoki operatorga oʻz shaxsiy maʼlumotlarini joʻnatar ekan, bu bilan u ushbu Siyosatga rozilik bildirgan boʻladi.
5.2. Operator Foydalanuvchi toʻgʻrisidagi shaxssizlantirilgan maʼlumotlarga ishlov berishni, agar bunga Foydalanuvchining brauzerlarida ruxsat etilgan boʻlsa, amalga oshiradi (“cookie” fayllarini saqlash va JavaScript texnologiyasidan foydalanish ham qoʻshilgan).
VI. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashning yigʻish, saqlash, oʻtkazish va boshqa turlari tartibi
6.1. Operator tomonidan ishlov beriladigan shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligi shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish sohasida amaldagi qonunchilik talablarining toʻliq bajarilishi uchun zarur boʻlgan huquqiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
6.2. Operator shaxsiy maʼlumotlarning saqlanishini taʼminlaydi va shaxsiy maʼlumotlarga vakolatsiz shaxslarning kira olmasliklari uchun imkon qadar barcha choralarni koʻradi.
6.3. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari hech qachon hech qanday sharoitda uchinchi shaxslarga oʻtkazilmaydi, amaldagi qonunchilikni ijro etish bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
6.4. Shaxsiy maʼlumotlarda noaniqliklar topilgan taqdirda, Foydalanuvchi ularni Operatorga https://memorcontest.uz/contacts shakli orqali “Shaxsiy maʼlumotlarni aktuallashtirish” belgisini qoʻygan holda xabarnoma joʻnatish bilan mustaqil ravishda aktuallashtirishi mumkin.
6.5. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash muddaati cheklanmagan. Foydalanuvchi har qanday vaqtda peronal maʼlumotlarga ishlov berishga boʻlgan oʻz roziligini, Operatorga https://memorcontest.uz/contacts saytidagi shakl orqali “Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilikni chaqirib olish” belgisi bilan xabarnoma joʻnatib, chaqirib olishi mumkin.
VII. Yakuniy qoidalar
7.1. Foydalanuvchi, https://memorcontest.uz/contacts shakli orqali Operatorga murojaat qilib, oʻzining shaxsiy maʼlumotlariga ishlov berish borasida tugʻiladigan savollariga har qanday tushuntirishlar olishi mumkin.
7.2. Ushbu hujjatda shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash Siyosatiga Operator tomonidan kiritiladigan har qanday oʻzgartirishlar aks ettiriladi. Siyosat uning yangi versiyasi ishga tushirilgunga qadar muddatsiz amal qiladi.
7.3. Siyosatning aktual versiyasi Internet tarmogʻining https://memorcontest.uz/pages/2 manzilida erkin kirish imkoniyati bilan joylashgan.
VIII. Cookie fayllaridan foydalanish siyosati
8.1. https://memorcontest.uz/ internet-saytini taqdim etish munosabati bilan deb ataluvchi fayllar, yaʼni Foydalanuvchi qurilmasining serverlarida saqlanuvchi va har bir ulanish vaqtida oʻqilishi mumkin boʻlgan axborot qoʻllaniladi. Bundan tashqari, ushbu hujjatdagi tegishli cookie fayllarga oʻxshash boshqa texnologiyalar va funksiyalar ham ishlatilishi mumkin. Cookie fayllari elektron maʼlumotlar, xususan matnli fayllar boʻlib, ular Foydalanuvchining oxirgi qurilmasida saqlanadi. Cookie odatda sayt nomi, ularni oxirgi qurilmada saqlash vaqti va noyob raqamdan iborat boʻladi.
8.2. Cookie fayllari internet-sayt sahifasidagi materiallarni Foydalanuvchi uchun afzal boʻlgan va veb-saytlardan samarali foydalanishga qulay holatga sozlash uchun ishlatiladi. Xususan, bu fayllar saytdan Foydalanuvchining qurilmasini identifikatsiya qilish va veb-sahifalarni, ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, toʻgʻri aks ettirish imkonini beradi: foydalanuvchilar veb-saytni qanday ishlatayotganliklarini tushunishga yordam beradigan statistikani yaratish, bu ularning tuzilmasi va tarkibini yaxshilaydi; sayt foydalanuvchisining sessiyasini qoʻllab - quvvatlash (mualliflashtirishdan keyin), bunda foydalanuvchi saytning har bir sahifasida login va parolni yangidan kiritishga majbur boʻlmaydi.
8.3. https://memorcontest.uz/ internet-sayti servisi doirasida biz quyidagi cookie fayllarini ishlatishimiz mumkin:
8.3.1. internet-portal doirasida kirish mumkin boʻlgan xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi “zarur” cookie fayllari
8.3.2. servis doirasida autentifikatsiya talab etuvchi xizmatlar uchun ishlatiladigan cookie identifikatsion fayllari;
8.3.3. veb-saytdan foydalanganlik toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish uchun cookie-fayllari.
8.3.4. cookie “funksional” fayllari, ular foydalanuvchi tanlagan parametrlarni “yodda saqlash” hamda foydalanuvchi interfeysni sozlash imkonini beradi, masalan, tanlangan til va hudud sohasida, bulardan qay biri Foydalanuvchi, keyinchalik shrift oʻlchami, sayt tashqi koʻrinishi va hokazolar.
8.4. Koʻpchilik holatlarda veb-sahifani (brauzerni) koʻrish uchun dasturiy taʼminot oʻz-oʻzidan cookie fayllarining Foydalanuvchi oxirgi qurilmasida saqlanishiga yoʻl qoʻyadi. Servisdan Foydalanuvchilar har qanday vaqtda sozlashga cookie fayllariga taalluqli boʻlgan oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin. Bu sozlashlar shu tarzda oʻzgartirilishi mumkinki, cookie fayllarini sizning brauzeringizdagi sozlashlarda avtomatik ravishda bloklash yoki sayt Foydalanuvchisining qurilmasiga har bir kirish vaqtida ular toʻgʻrisida xabar qilish imkonini beradi. Cookie fayllarining imkoniyatlari va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi batafsil axborot dasturiy taʼminot (brauzer) sozlashlarida mavjud. Agar cookie sozlashlari oʻzgartirilmasa, ular Foydalanuvchining oxirgi qurilmasida joylashadi, va shu bilan foydalanuvchi qurilmasidagi axborotni hamda unga kirish imkoniyatini saqlaymiz.
8.5. Cookie fayllarni ishlatishdan oʻchirish bizning veb-saytlardagi baʼzi bir xizmatlardan, xususan, tizimga kirish talab etiladigan xizmatlardan foydalanishni qiyinlashtirishi mumkin.
8.6. Cookie fayllarini oʻchirish https://memorcontest.uz/ veb-saytida kontentni koʻrish yoki oʻqish imkoniyatini cheklamaydi, mualliflashtirish talab etiladiganlari bundan mustasno.
8.7. Cookie fayllari https://memorcontest.uz/ internet-sayti servisi Foydalanuvchisining oxirgi qurilmasida joylashtirilishi, keyinchalik esa saytlar bilan hamkorlik qiluvchi reklama beruvchilar, tadqiqot kompaniyalari va multimedia ilovalari provayderlari tomonidan ishlatilishi mumkin.