IV Me’mor//2025 Arxitektura boʻyicha mukofoti

Yashil arxitektura: tabiat va kreativlik tutashgan maskan

Arxitektorlar, interyer dizaynerlari, landshaft dizaynerlari va jurnalistlar uchun arxitektura mukofoti O‘zbekiston Respublikasi, Ukraina va Gruziya fuqarolari tomonidan yaratilgan arxitektura va shaharsozlik sohasidagi eng yaxshi asarlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlovga 2023-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrdagi ishlar qabul qilinadi.

Umumiy sovrin jamgʻarmasi
250 000 000 so‘m

6 ta tanlov toifasi
27 ta sovrinli o‘rin

 

1 ta "KNAUF. Interyer+" tanlovi

Ishlarni topshirish muddati: 10.08.2025

Ishtirok etish bepul.

Tanlov maqsadlari
  • Oʻzbekistondagi arxitektorlar, byuro va ijodiy jamoalarning eng yaxshi kreativ ishlarini aniqlash va ularningloyihalash va qurilish sohasida yuksak natijalarga erishishini rag‘batlantirish;
  • Isteʼdodli oʻzbekistonlik arxitektorlar, dizaynerlar, loyihachilar, urbanistlarni ommaga tanitish va ularning ishlariga jamoatchilik diqqatini jalb etish;
  • Meʼmoriy, shaharsozlik, dizaynerlik va urbanistik yechimlarga omma eʼtiborini oshirish, shuningdek, Oʻzbekistonda yangi obyektlarni qurish, mavjudlarini qayta tiklash va yangilashda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyatini oshirish;
  • Ishtirokchilar orasida tajriba, hamda arxitektura makonida odamlarning turmush sifatini yaxshilashga oid eng yaxshi yechimlar va yondashuvlar almashuviga hissa qoʻshish;
  • Innovatsiyalarni targʻib qilish, KNAUF xalqaro kompaniyasining qurilish uchun moʻljallangan ekologik toza, energiya tejovchi materiallar va atrof-muhitga taʼsirini kamaytiruvchi texnologiyalaridan foydalanish jarayonini namoyish etish.
Tanlov nominatsiyalari
     Turar joy binolari
  •   1.1. Yakka tartibdagi uy-joy
  •   1.2. Ko‘p qavatli turar joy binosi
  •  Jamoat binolari
  •   2.1. Tijorat obyekti
  •   2.2. Ma’muriy bino
  •  Dizayn
  •   3.1. Xona interyeri
  •   3.2. Milliy an’analarda ishlangan interyer
  •  Jamoat joyini obodonlashtirish
  •   4.1. Jamoat joyini obodonlashtirish
  •  Kreativ diniy arxitektura
  •   5.1. Kreativ diniy arxitektura
  •  Jurnalistika
  •   6.1. Ijtimoiy tarmoqlarda faol fuqaro
  •   6.2. OAVda eʼlon qilingan arxitekturaga oid materiallar
  •  KNAUF. Interyer +
  •   7.1. KNAUF. Interyer +
Kimlar ishtirok etishi mumkin
  • Arxitektorlar,
  • arxitektura byurolari,
  • studiyalar va ustaxonalar,
  • qurilish va loyiha tashkilotlari,
  • restavratorlar,
  • arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan developerlar,
  • dizaynerlar,
  • ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari,
  • jurnalistlar.
Sovrin jamgʻarmasi
250 000 000 so‘m

“A” - “Loyiha” guruhi gʻoliblari

(keyingi oʻrinlarda - Sovrindorlar) uchun

Har bir nominatsiyada sovrin

9 000 000 (Toʻqqiz million) oʻzbek soʻmi

 

Talabalar (talabalar jamoasi) uchun sovrin,

har bir nominatsiyada

7 000 000 (yetti million) oʻzbek soʻmi.
 

“B” - “Amalga oshirilgan loyiha” guruhi

gʻoliblari (keyingi oʻrinlarda - Sovrindorlar) uchun:

har bir nominatsiyada sovrin

11 000 000 (Oʻn bir million) oʻzbek soʻmi
 

Jurnalistika toifasida

“OAVdagi arxitektura toʻgʻrisidagi material”

nominatsiyasida yagona  sovrin  9 000 000

(toʻqqiz million) oʻzbek soʻmi.

 

Jurnalistika toifasida

“Ijtimoiy tarmoqlardagi arxitektura haqidagi material”

nominatsiyasida yagona sovrin
 

5 000 000 (besh million) oʻzbek soʻmi.
 

“KNAUF. Interyer+” tanlovidagi Yagona Sovrin

20 000 000 (Yigirma million) oʻzbek soʻmi.
 

 

Tashkiliy qo‘mita

knauf

Tanlov tashkilotchisi - “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ XK

Axborot hamkorlari

Logo 1 Logo 2 Logo 3 Logo 4