IV Me’mor//2025 Arxitektura boʻyicha mukofoti

Yashil arxitektura: tabiat va kreativlik tutashgan maskan

Arxitektorlar, interyer dizaynerlari, landshaft dizaynerlari va jurnalistlar uchun arxitektura mukofoti O‘zbekiston Respublikasi, Ukraina va Gruziya fuqarolari tomonidan yaratilgan arxitektura va shaharsozlik sohasidagi eng yaxshi asarlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlovga 2023-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrdagi ishlar qabul qilinadi.

Umumiy sovrin jamgʻarmasi
250 000 000 so‘m
Tanlov maqsadlari
  • Oʻzbekistondagi arxitektorlar, byuro va ijodiy jamoalarning eng yaxshi kreativ ishlarini aniqlash va ularningloyihalash va qurilish sohasida yuksak natijalarga erishishini rag‘batlantirish;
  • Isteʼdodli oʻzbekistonlik arxitektorlar, dizaynerlar, loyihachilar, urbanistlarni ommaga tanitish va ularning ishlariga jamoatchilik diqqatini jalb etish;
  • Meʼmoriy, shaharsozlik, dizaynerlik va urbanistik yechimlarga omma eʼtiborini oshirish, shuningdek, Oʻzbekistonda yangi obyektlarni qurish, mavjudlarini qayta tiklash va yangilashda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyatini oshirish;
  • Ishtirokchilar orasida tajriba, hamda arxitektura makonida odamlarning turmush sifatini yaxshilashga oid eng yaxshi yechimlar va yondashuvlar almashuviga hissa qoʻshish;
  • Innovatsiyalarni targʻib qilish, KNAUF xalqaro kompaniyasining qurilish uchun moʻljallangan ekologik toza, energiya tejovchi materiallar va atrof-muhitga taʼsirini kamaytiruvchi texnologiyalaridan foydalanish jarayonini namoyish etish.
Tanlov nominatsiyalari
     Turar joy binolari
  •   1.1. Yakka tartibdagi uy-joy
  •   1.2. Ko‘p qavatli turar joy binosi
  •  Jamoat binolari
  •   2.1. Tijorat obyekti
  •   2.2. Ma’muriy bino
  •  Dizayn
  •   3.1. Xona interyeri
  •   3.2. Milliy an’analarda ishlangan interyer
  •  Jamoat joyini obodonlashtirish
  •   4.1. Jamoat joyini obodonlashtirish
  •  Kreativ diniy arxitektura
  •   5.1. Kreativ diniy arxitektura
  •  Jurnalistika
  •   6.1. Ijtimoiy tarmoqlarda faol fuqaro
  •   6.2. OAVda eʼlon qilingan arxitekturaga oid materiallar
  •  KNAUF. Interyer +
  •   7.1. KNAUF. Interyer +
Kimlar ishtirok etishi mumkin
  • Arxitektorlar,
  • arxitektura byurolari,
  • studiyalar va ustaxonalar,
  • qurilish va loyiha tashkilotlari,
  • restavratorlar,
  • arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan developerlar,
  • dizaynerlar,
  • ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari,
  • jurnalistlar.
Sovrin jamgʻarmasi
250 000 000 so‘m

Sovrinlar

“A” guruhi – “Loyiha”

  • Har bir nominatsiyada sovrin:
    12 000 000 (o‘n ikki million) o‘zbek so‘mi

  • Talabalar (talabalar jamoasi) uchun sovrin:
    10 000 000 (o‘n million) o‘zbek so‘mi (har bir nominatsiyada)

“B” guruhi – “Amalga oshirilgan loyiha”

  • Har bir nominatsiyada sovrin:
    15 000 000 (o‘n besh million) o‘zbek so‘mi

“Jurnalistika” toifasi

  • Yagona sovrin:
    “Ijtimoiy tarmoqlardagi arxitektura haqidagi material”
    8 000 000 (sakkiz million) o‘zbek so‘mi

“KNAUF. Interyer+” tanlovi

  • Yagona sovrin:
    20 000 000 (yigirma million) o‘zbek so‘mi

Maxsus sovrinlar

  • KNAUF tomonidan taqdim etilgan maxsus sovrin:
    5 000 000 (besh million) o‘zbek so‘mi

  • Hay’at tomonidan taqdim etilgan maxsus sovrin:
    5 000 000 (besh million) o‘zbek so‘mi

Faxriy eslatma va e’tirof

  • Pul mukofotlari nazarda tutilmagan.

Tashkiliy qo‘mita

knauf

Tanlov tashkilotchisi - “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ XK

Axborot hamkorlari

Logo 1 Logo 2 Logo 3 Logo 4